Agentlik tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida axborot texnologiyalari joriy etilmoqda.

Sertifikatlashtirish axborot tizimi (portal.standart.uz) Davlat bojxona qoʻmitasining “Yagona darcha” BAT bilan integratsiya qilinib, tizim orqali jami 89,4 mingta elektron arizalar qabul qilindi.

Shundan 78,5 ming tasi muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.

2020-yilning may oyidan sertifikatlar QR-kod bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda rasmiylashtirish joriy qilindi.

Natijada, tizim joriy qilingunga qadar tadbirkorlar tomonidan sertifikatlashtirish idoralariga 2-3 marotaba borishi talab etilardi va sertifikatlarni rasmiylashtirish uchun 60 kungacha vaqt sarf qilinardi. Hozirda bu ishlar 3 kun muddatda amalga oshirilmoqda.