“Oʻzstandart” agentligi tomonidan Oʻz DSt 20.206.3:2020 “Mahsulotni sinash tizimi. Putur yetkazmaydigan tekshiruv. Kapillyar tekshiruv. Atamalar va taʼriflar” nomli Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti qabul qilindi.
Ushbu standart mamlakatimiz mahsulotlarini sinash meʼyoriy huquqiy bazasi ishlab chiqishni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarilgan boʻlib, putur yetkazmaydi tekshiruv sinash sohasidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoni, shuningdek sinov laboratoriyalarining muhandis-texnik xodimlari uchun turli xil turdagi mahsulotlarni va sanoat obyektlarini kapillyar tekshiruvni amalga oshirishda foydalanish uchun moʻljallangan.
Xususan, ushbu standart mahsulotlarni va ularni ishlab chiqarish, ishlatish va taʼmirlash jarayonida, shuningdek, yurtimiz sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinadigan obyektlarni kapillyar tekshiruv yordamida nazorat qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Standartda putur yetkazmaydigan tekshiruvdagi kapillyar usulda ishlatiladigan asosiy atamalar keltirilgan.