Bugun 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni. “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligiga esa 31 yil toʻldi.
«Oʻzstandart» agentligi huzuridagi Departamentda ona tilimizga bagʻishlangan “Tilga eʼtibor – elga eʼtibor” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Departament rahbariyati jamoa aʼzolarini til bayrami bilan qutlash bilan birga, har birimiz tilimizning rivojiga baholi qudrat hissa qoʻshishga, buning uchun hech boʻlmaganda tilni chuqurroq bilishga harakat qilishimiz, oʻqib-oʻrganishimiz zarurligini taʼkidladi.
Agentlik Bosh direktorining Maʼnaviy - maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritilishi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi A.Pardayev ona tilimizning tarixiy ildizlari, sohada amaliyotga kiritish istiqbollariga atroflicha toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir mutaxassislarning oʻzbek tilida sohaga doir normativ hujjatlar yaratish borasidagi muhokamalari bilan oʻtdi.