«Oʻzstandart» agentligi huzuridagi Standartlar institutida “Davlat tili-millat taqdiri” deb nomlangan maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Agentlik va uning tizim-tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishga eʼtibor berilayotgani, bunda rasmiylashtirilayotgan sinov bayonnomalari va sertifikatlar davlat tilida boʻlayotgani yigʻilishda taʼkidlab oʻtildi.

Agar, oʻtgan uch yilda 1760 ta xalqaro standartlar tarjima qilingan boʻlsa, joriy yilning oʻtgan davrida 2470 ta xalqaro standartlar tarjima qilinib, amaliyotga kiritildi.

Maʼrifiy uchrashuvda maʼnaviyat targʻibotchilari va xalqimizning sevimli shoiri B. Bobomurod ishtirok etib, oʻzbek tilining boyligi, sofligi yuzasidan oʻz mulohazalarini bildirdi.