Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Chirchiq filiali tomonidan “Til bor ekan, millat barhayot ” mavzusida bayram tadbiri oʻtkazildi.
Uchrashuvda Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Fargʻoniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Bobur Mirzo kabi buyuk tarixiy shaxslarning ona tiliga boʻlgan yuksak eʼtiborlari tilga olindi.
Davra suhbatida maʼnaviyat targʻibotchilari taʼkidlanganidek, oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yoʻlidagi muhim qadamlaridan biri boʻlgan edi. Oʻzbek tilining xalqaro miqyosda obroʻsi oshdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lugʻatlar, darslik va oʻquv qoʻllanmalari chop etildi.
Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, oʻqitadi, urf-odat, anʼanalarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qoʻshishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak.
Bayram dasturida Chirchiq filiali rahbari Akbar Daminov barcha xodimlarni til bayram bilan tabriklab, kelgusida filialda ish yuritishda davlat tiliga eʼtibor kuchli boʻlishini alohida taʼkidladi.