Hozirgi kungacha 4697 ta xalqaro standartlar qabul qilinib, xalqaro standartlarning soni 12 mingta uygʻunlashtirish darajasi 43 foizga yetkazildi.
Yil oxiriga qadar yana 1800 ga yaqin standartlarni qabul qilib uygʻunlashtirish darajasi 50 foizga yetkaziladi. Shulardan: Kimyo sanoatida – 900 ta, qurilish materiallari– 500 ta, elektrotexnika– 150 ta.
Yangi standartlarni manzilli joriy etish natijasida, 21 ta toʻqimachilik korxonasining toʻqimachilik va trikotaj mahsulotlari uchun Evropaning “OYKO-TEKS” standartlari joriy qilindi va bu esa eksportni oshirish imkonini berdi.
Jumladan, Andijondagi «Samo teks» Yevropa bozorlariga 5 million dollarlik mahsulot bilan chiqdi (standart joriy qilish xarajati 30 ming dollar).
Yana bir misol, Buxorodagi «Buxoro kotton» korxonasi ham AQSh, Angliya, Turkiya va Germaniyaga 5 million dollarlik eksport qilishga erishdi.