Har yili 14 oktyabr kuni dunyo ilmiy-texnik jamoatchiligi Butunjahon standartlashtirish kunini nishonlaydi.
Har yili bayram butun dunyoda muayyan shior ostida o‘tadi. 2020 yilda u “Standartlar sayyorani himoya qilish uchun” deb jaranglaydi.
Standartlarni qo‘llash yordamida mahalliy mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, jamiyat uchun muhim bo‘lgan masalalarni hal qilish ta’minlanadi.
O’zbekiston Respublikasida, davlat, iqtisodiyot va jamiyat uchun mazkur faoliyatning strategik qiymatini ta’kidlab, standartlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
1994 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotning (ISO) to‘la huquqli a’zosi, 2019 yildan boshlab Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC)Affiliate Plus Dasturining a’zosi hisoblanadi.
Joriy yilning 28 sentyabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev “Agar mahsulotda xalqaro standart bo‘lmasa, u hech qachon raqobatbardosh bo‘la olmaydi. Har bir tadbirkor standartlarni biladigan va tushunadigan muhitni yaratish kerak” deb ta’kidladi.
Oxirgi yillarda bizning mamlakatimizdagi 43 % standartlar jahon standartlariga moslashtirildi, ularning umumiy soni 12 mingga yetdi, bu esa o‘z navbatida, eksport uchun imkoniyatlarni kengaytiradi.
Davlatimiz rahbari tomondan joriy yil oxirigacha mamlakatimizda joriy etilgan standartlarning sonini 14 mingtaga va milliy standartlarning muvofiqlik darajasini 50 % ga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
O’zlarining an’anaviy maktubida uchta yetakchi standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning rahbarlari – ISO, IEC va ITU – quyidagilarni ta’kidlaydi: “ISO, IEC va ITU tomondan ishlab chiqilgan standartlar texnik muammolarning vaqt bilan tekshirilgan qarorlarini inobatga oladi. Ular, ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan, mamlakatlarda tajriba va ekspert yangiliklari (nou-xau) bilan almashishga yordam beradi. Standartlar energiya tejash, suv va havo sifatining barcha aspektlarini qamrab oladi, o‘lchash protseduralari va metodlarini belgilaydi.Ularning keng qo‘llanilishi sanoat ishlab chiqarishi va jarayonlarining atrof muhitga ta’sirini kamaytirishga yordam beradi, cheklangan resurslarni takroran ishlatishga ko‘maklashadi hamda energiya samaradorligini oshiradi».
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Barcha hamkasblarni kasbiy bayram bilan tabriklaydi va barcha tashabbuslarda muvaffaqiyatlar tilaydi.