O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil20 avgustda qabul qilingan 698-son qaroriga muvofiq elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish uchun arizalarni qabul qilish 2019 yil1-noyabrdan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yangi tizim joriy qilindi. Qaror qabul qilinguniga qadar shafof tizim yo‘qligi bois, hisoblagichlarni qiyoslash uchun ariza beruvchilar bevosita besh-olti marotaba tegishli tashkilotlarga borgan holda xujjatlarni topshirib, muddatlari aniq bo‘lmagan hamda turli to‘lovlarni amalga oshirib, murakkab tartibdan o‘tishga majbur edilar. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu masalada aholiga ortiqcha ovoragarchilik, vaqt va mablag‘larni sarflanishi kabi holatlarni yuzaga keltirar edi.Yangi tizim bilan aholi va tadbirkorlarning hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazishdagi ortiqcha ovogarchiliklarsiz, byurokratik to‘siqlarsiz “bir murojaat” tamoili, ya’ni yagona darcha hizmati asosida amalga oshirish belgilandi.
Qiyoslash hizmati bugun qanday amalga oshirilmoqda:
Yangi tartibga asosan metrologiya laboratoriyalariga taqdim etilgan hisoblagichlar 3 kunlik muddatda qiyoslashdan o‘tkazilishi ta’minlanmoqda.Jami 115 ta qiyoslashdan o‘tkazish uskunalari (stendlar)da bir kunda o‘rtacha 6 240 ta hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish quvvatiga ega.Reglamentlarga ko‘ra hisoblagichlarni metrologiya idoralariga ta’minotchi korxonalar tomonidan yetkazib berilishi belgilanganligiga qaramasdan, ishlarni o‘z vaqtida bajarish uchun, hamda ta’minotchi korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida metrologiya idoralaridagi 44 ta “Damas” avtomobillari ajratilib, hisoblagichlarni uzoq tumanlardan marshrut asosida laboratoriyalarga keltirish uchun jalb etilgan. Taxlillarga ko‘ra bir kunda hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish uchun o‘rtacha 984 ta ariza berilishini inobatga olib, 17 ta metrologik idoralar tomonidan qiyoslash ishlarini belgilangan muddatlardan va kechiktirmasdan amalga oshirilayotganligini ko‘rish mumkin.O‘z muddatida hisoblagichlarni qiyoslash uchun metrologiya.nim.uz elektron platformasi yaratilib, takomillashtirildi.
Mazkur platforma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilinib, tegishli funksiyalar yordamida qiyoslash uchun ariza bergan iste’molchi o‘zinig ID raqamini yoki hisoblagichning zavod raqamini kiritish orqali ariza qaysi jarayonda (status, xronologiya) ekanligini bilish mumkin.Shu bilan birga, hisoblagichlarning qiyoslash natijalari (sertifikat yoki xabarnomalar) elektron shaklda rasmiylashtirilib, hozirda ularning yagona elektron bazasi shakllantirilmoqda.Aholi uchun qulaylik yaratish bilan bir qatorda, qiyoslash natijalari va hulosalarni soxtalashtirishni oldini olish, yo‘qolgan xujjatlarni tez va osongina qayta yuklab olish imkoniyati yaratildi.
Natijada ko‘rsatilayotgan qiyoslash xizmati uchun narxlar xam kamaytirildi. Aholi uchun barcha to‘lovlar o‘rniga bitta to‘lov 44 ming so‘m belgilandi. Bu esa ortiqcha to‘lovlarni yo‘q bo‘lishiga va shaffoflikni ta’minlashga zamin yaratdi. Shuningdek, ta’minotchi korxonalar hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugashidan 30 kun oldin iste’molchini qiyoslashdan o‘tkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantiradi.Ta’minotchi korxonlar tomonidan belgilangan muddatda rasmiy ravishda ogohlantirilmaslik, hisoblagichni o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazmaganlik uchun aybdorlikni keltirib chiqarmaslik normalari joriy qilindi.Bundan tashqari, metrologiya sohasida raqobat muhitini shakllantirish maqsadida joriy yilning 7 aprel kuni “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahriri qabul qilindi.Mazkur Qonunga ko‘ra davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida qiyoslash laboratoriyalarini tashkil qilib, o‘lchash vositalarini shu jumladan hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazishga ruxsat berildi, endilikda ta’minotchi korxonalar o‘zlarida qiyoslash laboratoriyalarini tashkil qilib, o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan holda hisoblagichlarni qiyoslash ishlarini amalga oshirishi mumkin.Bu esa o‘z navbatida hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazishda yanada qulayliklar yaratib, xizmatlarning sifatini oshirilishiga va ta’minot korxonalari tomonidan qisqa muddatlarda hizmat ko‘rsatishga yordam beradi.