STANDARTLAShTIRISh SOHASIDA:
Joriy yilning 9 oyida xalqaro talablar bilan uyg‘unlashgan 4697 ta qabul qilinib, standartlarning soni 7425 tadan 12122 ta ga yetkazildi (43%) va yil yakuniga qadar qo‘shimcha 1757 ta qabul qilinadi (50%).2019-2020 yillarda Xalqaro standartlashtirish tashkilotidan – 3032 ta, Yevropa standartlashtirish tashkilotidan – 251 ta, Xalqaro elektrotexnika tashkilotidan – 380 ta, AQSh ASTM (53 ta), Xitoy SAC (58 ta), Rossiya (769 ta), standartlari olindi.Bugungi kunda standartlashtirish bo‘yicha 135 ta xalqaro texnik qo‘mitalarga (ISO 23 ta, MGS 91 ta, SMIIC 11 ta, MEK 10 ta) a’zo bo‘lindi.Sanoat korxonalarida xalqaro sifat tizimlari: oziq-ovqat (ISO 22000 (HACCP)) 281 ta, ekologiya (ISO 14001) 112 ta, mehnat xavfsizligi (OHSAS 18001 (ISO 45001)) 159 ta, energiya tejash (ISO 50001) 89 ta joriy etildi.COVID-19 pandemiyasi davrida tibbiyot niqoblari, himoya kiyimlari, sun’iy nafas olish apparatlari, antiseptik va dezinfeksiya vositalariga taalluqli 11 ta xalqaro standartlar qabul qilinib, tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etildi.
TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISh SOHASIDA.
2020 yil rejaga asosan jami 48 ta texnik reglamentlar ishlab chiqilib, amaliyotga kiritilgan (sohalar kesimida oziq-ovqat sanoati – 13 ta, sanoat va metallurgiya – 9 ta, mashinasozlik – 5 ta, neft va kimyo – 4 ta, yengil sanoat – 4 ta, telekommunikatsiya – 3 ta, qurilish materiallari – 2 ta, ta’lim yo‘nalishida – 2 ta, bolalar o‘yinchoqlari, ekologiya, poligrafiya, veterinariya, tibbiyot va elektrotexnika – 6 ta).Yil yakuniga qadar mineral o‘g‘itlar, konserva mahsulotlari, qandolat, poliz mahsulotlari, quritilgan mevalar uchun texnik reglamentlar qabul qilinib, ushbu ko‘rsatkich 53 taga yetkaziladi.2021 yil yakuniga qadar YeOIIdagi mavjud 46 ta texnik reglamentlar uyg‘unlashtirilib, respublikada amaliyotga kiritilib, umumiy texnik reglamentlarning soni 60 tadan oshadi.
Erishiladigan natija:
Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) ning Savdodagi Texnik To‘siqlar (TBT) to‘g‘risidagi kelishuv talablari bajariladi.Mahalliy maxsulotlarni eksport qilinishida raqobatbardoshligi ortadi.Texnik reglamentlar qabul qilinishi natijasida6 mingga yaqin majburiy standartlar ixtiyoriy tusga o‘tkaziladi.Bugungi kunda qabul qilingan 48 ta texnik reglamentlar, import qilinadigan 68 turdagi tovarlarning (29 turini, 50 %) qamrab olgan bo‘lsa, rejadagi 2020-2021 yillarda qo‘shimcha qabul qilinadigan 34 ta texnik reglamentlar (24 turiga) bilan qamrab olish ulushi 70 % ga yetadi.
AXBOROT TEXNOLOGIYaLARINI JORIY ETISh.
Sertifikatlashtirish axborot tizimi (portal.standart.uz) Davlat bojxona qo‘mitasining “Yagona darcha” BAT bilan integratsiya qilinib, tizim orqali jami 89,4 mingta elektron arizalar qabul qilindi.Shundan 78,5 mingtasi muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.2020 yilning may oyidan sertifikatlar QR-kod bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda rasmiylashtirish joriy qilindi.Natijada, tizim joriy qilingunga qadar tadbirkorlar tomonidan sertifikatlashtirish organlariga 2-3 marotaba borishi talab etilardi va sertifikatlarni rasmiylashtirish uchun 60 kungacha vaqt sarf qilinardi. Hozir 3 kun muddatda amalga oshirilmoqda.Yuridik va jismoniy shaxslarning maishiy hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha axborot tizimi (metrologiya.nim.uz) orqali elektron murojaat qabul qilinib, 163,5 mingta qiyoslash sertifikatlari rasmiylashtirildi.Bunda fuqorolar tomonidan 5 ta idoralarga (energiya ta’minotga ikki marotaba, MIB, ta’mirlash korxonasi, qiyoslash laboratoriyasi) qatnovi bekor qilinib, bir marta Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish yo‘lga qo‘yildi.Natijada respublika bo‘yicha elektron murojaatlar ijrosi o‘rtacha 3-15 kunda ta’minlanmoqda (oldingi davrda ushbu muddat 40-45 kunni tashkil qilgan hamda xarajatlari turli xil bo‘lgan).Davlat standartlar fondi () orqali jami 17 mingdan ortiq standartlardan bepul foydalanish imkoniyati yaratilgan.Natijada tizim orqali jami 5,8 ming ta standart 20,4 ming marotaba yuklab olinib, tadbirkorlik sub’ektlarining o‘rtacha 1,4 mlrd.so‘m mablag‘lari tejalgan.Shu bilan birga, standartlarni tarjima qilish elektron dasturi ishga tushirildi, natijada 3 oy ichida 2079 ta standart tarjima qilindi va 30 mln.so‘m mablag‘ sarf qilindi, elektron tizim joriy qilingunga qadar 1706 ta standartni tarjima qilishga 3 yil vaqt va 2 mlrd so‘m mablag‘ sarf qilingan.Sifatsiz mahsulotlar portali (dalil.standart.uz) ishga tushirilib, sertifikatlashtirishda va bozorda aniqlangan sifatsiz va xavfli mahsulotlar to‘g‘risida axborotlar joylashtirib borilmoqda. Hozirda ushbu portalda 13 ta sifatsiz mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirilgan.Bugungi kunda “O‘zstandart” agentligi tomonidan quyidagi ishlar olib borilmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 avgustdagi PQ-4812-son Qaroriga muvofiq, 2020 yil oktyabr oyida Yevropa Ittifoqining xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish (RAPEX) axborot tizimi ishlab chiqilmoqda. Natijada xorijiy mamlakatlarda xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimiga kiritilgan mahsulotlarni respublika hududiga kirib kelishining qisqarishiga erishiladi.
IShLAB ChIQARISh VA TADBIRKORLAR BILAN MANZILLI IShLASh.
“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan 3043 ta korxonada profilaktika tadbirlari o‘tkazildi (pandemiya davrida 1824 ta). Natijada tadbirkorlik sub’ektlari 7336 ta zaruriy standartlar bilan ta’minlandi. 738 ta korxona va tadbirkorlarning 2696 ta o‘lchov vositalari qiyoslandi.Sanoat korxonalariga, jumladan yengil sanoatda 490 ta, qurilish – 324 ta, oziq-ovqat – 794 ta, qishloq xo‘jaligi – 278 ta, elektrotexnika – 51 ta korxonabay soha yuzasidan ko‘mak ko‘rsatildi.Shahar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 2849 ta eksportyor korxonalar 88 ta xalqaro standartlar bilan ta’minlandi va 226 ta sohada mavjud muammolar hal etildi. 13 ta korxonaga Global G.A.P va 21 ta korxonaga Oeko-TEX halqaro sertifikatlar olishda ko‘mak ko‘rsatildi.Viloyatlardagi bozorlarda sotilayotgan 366 ta sifatsiz mahsulotlar aniqlanib, 180 ta korxonaga tushuntirishlar berildi va bartaraf etildi.
METROLOGIYa SOHASIDA
2019 yil mobaynida o‘lchash vositalarini kalibrlash 1 ta kalibrlash laboratoriyasi akrreditatsiya qilindi, kalibrlash ishlari qiyoslash ishlariga nisbati 0,1 foizni tashkil etdi.Shuningdek, 516 ta laboratoriyalarda kalibrlash ehtiyoji o‘rganildi (oziq-ovqat -109 ta; mashinosozlik va qurilish - 299 ta; kimyo, tibbiyot-59 ta; elektrotexnika -49 ta).
Ilmiy texnik loyihalar
2020 yil mobaynida Innovatsion rivojlanish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi xisobiga davlat granti asosida qiymati 1 mlrd.so‘m bo‘lgan 3 ta ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.Xalqaro atom energetikasi agentligi yordamida amalga oshirilayotgan qiymati 617,3 ming doll. bo‘lgan “Ionlashtiruvchi va rentgen nurlanish sohasidagi ikkilamchi etalonlar maxsus dozimetrik laboratoriyasi”ni yaratish bo‘yicha texnik-ko‘mak loyihalari doirasida maxsus laboratoriya xonasi radiatsion xavfsizlik va sanitar norma talablari asosida tashkil qilinib, 5 nafar xodim xorijiy metrologiya institutlarida malakasini oshirdi.
Germaniyaning JENOPTIK Robot GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 93 ming yevro bo‘lgan “Avtotransport vositalarini harakat tezligini o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” loyihasini amalga oshirish jarayonida 6 ta laboratoriya uskunalari keltirildi va 2 nafar xodimning xorijda (Kyoln, GFR) malakasi oshirildi.Bundan tashqari, 2021 yilda taxminiy qiymati 2,8 mlrd.so‘m bo‘lgan jami 7 ta ilmiy loyihalarni tayyorlash (jumladan, ekologiya - 2 ta, energetika - 1 ta, oziq-ovqat - 3 ta, sog‘liqni saqlash -1 ta) rejalashtirilgan.
Xalqaro hamkorlik
2020 yil mobaynida Mintaqaviy metrologiya tashkiloti (KOOMET) doirasida 12 ta solishtirish ishtirok etildi.Massa, bosim va harorat laboratoriyalari xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda. 3 ta ilmiy va 2 ta injener-konstruktorlik loyihalar amalga oshirilmoqda.2021 yil rejaga asosan O‘lchash natijalarini xalqaro darajada tan olinishiga erishiladi, bundan tashqari Xalqaro UTC shkalasi bilan sinxronlashgan “Aniq vaqt davlat xizmati” joriy etish bo‘yicha ishlar boshlash rejalashtirilgan.Xorijiy davlatlar metrologiya institutlari olib chiqiladigan o‘lchash vositalari to‘g‘risida yillar kesmida ma’lumot2019 yilga qadar kalibrlash ishlari yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli (1 ta laboratoriya kalibrlash xizmatlariga akkreditatsiyalangan), sanoatda qo‘llaniladigan 1 843 dona o‘lchash vositalari xorijiy metrologik tashkilotlarga kalibrlashga olib chiqilgan (yiliga transport xarajatlarini inobatga olgan holda 1,5 mln.doll.).2020 yilda milliy etalonlar bazasi 21 taga yetkazilishi bilan 27 ta xalqaro metodlar joriy qilindi va 9 ta laboratoriyalar ISO/IEC 17025 standartiga muvofiq akkreditatsiya qilindi. Natijada yiliga 400 ming dollar iqtisod qilinishi (1 257 dona O‘Vlar – 1,1 mln.dollar) va kalibrlash ishlari kiyoslash ishlariga nisbati 17 foizga yetkazilishiga erishiladi.Shuningdek, 2021 yilda etalonlar bazasini 24 taga yetkazilishi hamda 16 ta hududiy filiallarda kalibrlash xizmatini joriy qilish orqali yiliga 700 ming dollar iqtisod qilinishi (382 dona O‘Vlar – 0,4 mln. dollar) va kalibrlash ishlari kiyoslash ishlariga nisbati 37 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.