“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan 3043 ta korxonalarda profilaktika tadbirlari o‘tkazildi Natijada 7337 ta tadbirkorlik sub’ektlari zaruriy standartlar bilan ta’minlandi. 738 ta korxona va tadbirkorlarning 2696 ta o‘lchov vositalari qiyoslandi.
Sanoat korxonalariga, jumladan yengil sanoatda 490 ta, qurilish – 324 ta, oziq-ovqat – 794 ta, qishloq xo‘jaligi – 278 ta, elektrotexnika – 51 ta korxonabay soha yuzasidan ko‘mak berildi.
Shahar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 2849 ta eksportyor korxonalar 88 ta xalqaro standartlar bilan ta’minlandi va 226 ta sohada mavjud muammolar hal etildi. 13 ta korxonaga Global G.A.P va 21 ta korxonaga Oeko-TEX halqaro sertifikatlar olishda ko‘mak ko‘rsatildi.Viloyatlardagi bozorlarda sotilayotgan 366 ta sifatsiz mahsulotlar aniqlanib, 180 ta korxonaga tushuntirishlar berildi va bartaraf etildi.