“O‘zstandart” agentligi tizimida mahsulot sifatini ta’minlash maqsadida texnik reglamentlar ishlab chiqilmoqda.
Joriy yilda 48ta texnik reglamentlar ishlab chiqilib, amaliyotga kiritildi. Sohalar kesimida olinganda oziq-ovqat sanoatida–13ta, sanoat va metallurgiyada – 9ta, mashinasozlikda – 5 ta, neft va kimyo – 4ta, yengil sanoat – 4 ta, telekommunikatsiya – 3 ta, qurilish materiallari–2 ta, ta’lim yo‘nalishida – 2ta, bolalar o‘yinchoqlari, ekologiya, poligrafiya, veterinariya, tibbiyot va elektrotexnika sohalarida – 6ta texnik reglamentlar qabul qilindi.
Yil yakuniga qadar mineral o‘g‘itlar, konserva mahsulotlari, qandolat, poliz mahsulotlari, quritilgan mevalar uchun texnik reglamentlar qabul qilinib, mazkur ko‘rsatkich 53taga yetkaziladi.