Matbuot anjumanida “O‘zstandart” agentligi faoliyatidagi ustivor vazifalari yuzasidan ma’lumot berildi. Jumladan, xalqaro standartlarni jadal joriy etish, mahsulot sinovlarini takomillashtirish, laboratoriyalarni modernizatsiyalash va xalqaro tashkilotlari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi dolzar masalalarga oid ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yurtimizda metrologik xizmatlarni takomillashtirish, akkreditatsiya imkoniyatlarini kengaytirish vazifalari haqida so‘z bordi.