O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar» to‘g‘risidagi PF-4848-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 apreldagi №2520 sonli «Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 15 iyundagi “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi №207-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, sinovlar o‘tkazishni yanada rivojlantirish, dunyo standartlari darajasiga olib chiqish va laboratoriya tomonidan bajarib kelayotgan sinovlarni va sinov bayonnomalarini dunyoning barcha mamlakatlarida so‘zsiz tan olinishini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan “SGS Tashkent Ltd.” Xorijiy korxonasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi kunda “Kimyo-biologiya” laboratoriyasi tomonidan amalga oshirilgan sinovlar, sinov bayonnomalari xamkorlik shartnomasiga asosan “O‘zstandart” Agentligi va SGS xorijiy korxonasi logotiplari bilan chiqariladi. Bu esa dunyoga tanilgan SGS Xalqaro xorijiy korxonasi tomonidan muvofiqlini baxolash borasida agentlik laboratoriyasi tomonidan bajarilgan ishlarning tan olinishi va dunyoning barcha mamlakatlarida hech qanday muammolarsiz qabul qilinishi uchun imkoniyat yaratadi.