Inson qanday yoshda bo‘lmasin yoki qanday lavozimda mehnat qilmasin, u o‘ziga fanlardan va hayot darsidan saboq berib to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan ustozlari oldida o‘zini ma’naviy tomondan qarzdor deb biladi.
Ustoz, muallimlarimiz ko‘magida ota-ona, vatan tushunchalarining naqadar qadri yuksak ekanligini anglaymiz. Ularning beminnat mehnatlari sabab savod chiqarib, ilmu-hunar o‘rganamiz. Eng muhimi yurt uchun kerakli inson bo‘lib, uning koriga yarash muqaddas burch ekanligini anglaymiz.
Mamlakatimizda har yili 1 oktyabr “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi, shubhasiz ustozlarga bo‘lgan e’tiborning namunasidir.
Fursatdan foydalanib xalqimizni, ustozlarimizni va “O‘zstandart” agentligi tizimida yoshlarga ustozlik qilib kelayotgan ustozlarni bayram bilan chin ko‘ngildan tabriklaymiz.
Baxtimizga ustozlarimiz salomat bo‘lib, shogirdlari mehridan bahraman bo‘lib yurishlarini tilab qolamiz.

Dilshod Sattarov
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori