“O‘zstandart” agentligi va uning tizim-tashkilotlarida sohani rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqotlar doimiy e’tiborda. Bunda Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali, ilmiy-ma’rifiy va talabalar uchun o‘quv adabiyotlarni chop ettirish amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filiali rahbari Ulug‘bek Amirqulov bilan Qarshi muhandislik-iqtisodiyoti instituti olimi O‘ktam Mahmanov hamkorligida “Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” nomli kitob chop etildi.
Kitob Oliy ta’lim tizimidagi standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish yo‘nalishlarida ta’lim berishga mo‘ljallangan. Yangi kitobning o‘qituvchilar va murabbiylar bayrami arafasida chop etilgani yaxshi xabar sifatida qabul qilinib, shubhasiz sohani rivojlantirishga yordam beradi.