Joriy yilning 24 sentyabr kuni Bosh Assambleyaning 43-yig‘ilishi ISO tashkiloti tarixida birinchi marta butunlay yangi formatda – koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda ISO tashkiloti prezidenti Eddi Noroge, Bosh kotib Serxio Muxika, Moliyaviy masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Mitsuo Matsumoto va texnik tashkiliy masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Sau Kuk Choy tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida standartlashtirish soxasida amalga oshirilgan ishlar, tashkilot tomonidan mamlakatlar ishlab chikarish va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalariga ko‘rsatilgan yordamlar, ISO 2030 rivojlanish strategiyasi, ISO kengashiga yangi nomzodlarni saylash, iqtisodiyotning yuqori texnologik doiralarida standartlashtirishni rivojlantirish, standartlashtirishda davlat ishtiroki, davlatlararo hamkorlik, standartlashtirish soxasida IT-texnologiyalarining zamonaviy vosita sifatida qo‘llanishiga oid masalalar yuzasidan axborotlari taqdim qilindi.
Tadbirda 165 ta mamlakatning Milliy standartlashtirish tashkiloti raxbarlari, jumladan “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.Sattarov ham ishtirok etdi.

«O‘zstandart» agentligi
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi