Samarqand viloyatida “Hududlar va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish” masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.


Mazkur ko‘rgazma tadbirida “UzAUTO” sanoat tarkibiga kiruvchi “Sam Auto”, “Uz Truck & Bus Motors” va “Uz Auto TRAILER” korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan transport vositalarining butlovchi qismlarini mahalliylashtirish bo‘yicha takliflari e’lon qilinib, butlovchi qismlar ko‘rgazmasi paviloni tashkil etildi.
Ko‘rgazma tadbirida respublikamizning viloyatlaridan 250 ga yaqin mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari qatnashdi.
Mazkur tadbirda “O‘zstandart” agentligi rahbariyati ishtirok etib, ko‘rgazmaning muhim ahamiyat kasb etishi va hududlarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishda standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, metrologiya va sertifikatlashtirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib, tegishli mas’ullar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish davr talabiga aylanib borayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘icha sohaga oid qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumotlar berildi.