Joriy yilning 23 sentyabr kuni onlayn tarzda SMIIC tashkiloti “Xizmat ko‘rsatish masalalariga oid TC 3” texnik qo‘mitasining 8 chi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) kotibiyati va a’zo davlat vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar tomonidan COVID-19 va pandemiya paytida qo‘llaniladigan gigiyena qoidalari, sayohat va transfer maqsadlarida foydalaniladigan oziq-ovqat, ichimliklar va yo‘l transport vositalari, halol maxsulot ishlab chikaruvchi korxonalar, halol sanoat zonalariga qo‘yiladigan umumiy talablar kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga Misr tomonidan taklif qilingan va yangi ish sifatida qabul qilingan, xavfsiz ishlab chiqarish uchun gigiyena, yuqumli kasalliklarning oldini olish va COVID-19ni nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar, yaxshilangan gigiyena sharoitlari, ta’lim muassasalari uchun infeksiyalarning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar, bolalar ta’minlanadigan joylar uchun qoidalar yuzasidan fikr almashdilar
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha soxa yo‘nalishlarida SMIIC tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.