Dunyo aholisi uchun eng yangi texnologiyalar va standartlarga javob beradigan arzon, samarali ishonchli va bardoshli oshxona plitalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi juda muhimdir.
An’anaviy ochiq olov plitalar rivojlanayotgan mamlakatlarda millionlab insonlarning o‘limiga olib keladi va atrof muhitning ifloslanishiga sabab bo‘ladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) har yili 3,8 million odam qattiq yoqilg‘i va kerosinni taom tayyorlashda samarasiz ishlatishidan uy havosining ifloslanishi oqibatida kasalliklardan vafot etishini ma’lum qildi.
Dunyo miqyosida qariyb 3 milliard kishi ochiq olov yoki oddiy plitalar yordamida o‘z uylari va suvlarini isitish va taom tayyorlashda foydalanalishligidan, natijada uy xo‘jaliklarda havo ifsoslangan. Ushbu samarasiz pishirish usullari pnevmoniya, yurak xastaligi va qon tomir kabi sog‘liq uchun jiddiy muammolarga olib kelishi sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagi muammolarning oldini olish maqsadida, Xalqaro standartlashtirish tashkilotining ISO / TC 285 yangi texnik qo‘mitasi ekologik toza va samarali pishirish tizimlarini joriy etishdagi yangi standartlarni ishlab chiqadi.
Mazkur texnik qo‘mitaga 21 ta mamlakat doimiy va 21 ta mamlakat kuzatuvchi sifatida a’zo bo‘lib, qo‘mita Keniya milliy standartlashtirish tashkiloti (KEBS) tomonidan boshqariladi. Bugungi kunga qadar texnik qo‘mita tomonidan 4 ta xalqaro standart ishlab chiqilgan.
Mazkur maqola Xalqaro standartlashtirish tashkilotining ma’lumotlariga asoslangan. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agentligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasiga yoki quyidagi havolaga murojaatqilishingiz mumkin https://www.iso.org/ru/news/isofocus_142-6.html
«O‘zstandart» agentligi
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi