“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya institutida ilmiy izlanishlarni olib borishga va uning natijadorligiga e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning may oyida innovatsion g‘oyalarni amaliyotda qo‘llash asosida NJ977 turidagi aqlli energetika qurilmasining ilk namunasi institutning yosh xodimlari tomonidan ishlab chiqildi.
Qurilmani to‘liq imkoniyatlari, texnik ko‘rsatgichlari va metrologik xossalari maxsus laboratoriyalarda sinovlardan o‘tkazildi. Sinovlar natijalariga ko‘ra qurilmaga o‘rnatilgan parametrlar Davlat standarti talablariga muvofiqligi aniqlandi.
Standart talablarga muvofiq deb topilgan ushbu NJ977 turdagi aqlli energetika qurilmasi O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalari davlat reyestriga ro‘yxatga olindi va amaliyotda qo‘llash uchun ruxsat berildi.
Ishlab chiqilgan ushbu qurilma muallifning elektr
va magnit kattaliklarni o‘lchash laboratoriyalarida olib borgan izlanishlari natijasida laboratoriyada foydalaniladigan ko‘pgina namunali o‘lchash vositalarining o‘rnini bosadigan va o‘lchash jarayonlarida inson omilini qisqartirishga erishilgan.
TAVSIFI

Qurilmaning ishlash prinsipi garmonik kirish signallarni bir vaqtning o‘zida qiymatlarni analog-raqamli konversiyalashdan iborat. So‘ngra konversiya qilingan raqamli qiymatlarni shaxsiy dasturga muvofiq protsessorda qayta ishlaydi.
Qurilma planshet yordamida ishlaydi va ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashadi. Qurilma planshet bilan simsiz aloqa - Wi-Fi tizimi orqali bog‘lanadi.
O‘lchash natijalari dasturiy ta’minot yordamida O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 xalqaro standartiga asosan bayonnomalarni planshet bazasida saqlaydi.
Mazkur qurulma haqida batavfsil ma’lumotni O‘zbekiston milliy metrologiya institining http://nim.uz/ rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Rasm 1 – Qurilmaning tashqi ko‘rinishi
Rasm 2 – Qurilma jamlanmasining to‘liq ko‘rinishi
Rasm 3 – Qurilmaga bog‘lanadigan planshet ko‘rinishi
Qurilmaning qo‘llanish doirasi va afzalliklari
- Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar, shu bilan birga elektr energiyasini tekshiruvchi (energiya auditi) korxonalar;
- Elektr ta’minoti tizimini sozlash va sinovdan o‘tkazish;
- Metrologik faoliyat yurituvchi laboratoriyalarning to‘liq to‘plami (jumladan, joyda foydalanuvchi mobil usul bilan).
Endilikda bu qurilmani patentlashtirish va intellektual mulk ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari yakunlangach O‘zbekiston milliy metrologiya institutining barcha filiallarini ushbu qurilma bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Bu o‘z navbatida o‘lchash vositalarini yuqori aniqlikda metrologik tekshiruvlardan o‘tkazishni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, kelajakda chet elning shu sohaga oid tashkilotlariga ushbu qurilmani buyurtma asosida tayyorlab berish maqsad qilib olingan.