Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (MGS)ning 57 yig‘ilishida “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti” (Premii Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv za dostijeniya v oblasti kachestva produksii i uslug) navbatdagi tanlovini o‘tkazish e’lon qilindi.


Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlardagi korxonalarning yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishini rag‘batlantirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek MDH hamda jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida MDHga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining 2020 yil 29 maydagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq 2 yilda 1 marotaba Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti (Premii Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv za dostijeniya v oblasti kachestva produksii i uslug) tanlovi o‘tkazish joriy etilgan.
Tanlov shartiga muvofiq MDHga a’zo davlatlarga kamida 2 yil davomida mahsulotlarini eksport qilgan va yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarilishini ta’minlagan sanoat, iste’mol tovarlari, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va hizmat ko‘rsatuvchi korxonalar ishtirok etishi belgilangan.
Tanlov g‘oliblari diplom bilan taqdirlanadi va sovrin logotipidan 3 yil davomida mahsulotlarini yorliqlashda reklama maqsadlarida foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Tanlov tartibi, shartlari va imtiyozlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (MGS) ning quyidagi rasmiy sayti http://easc.by/konkurs-na-soiskanie-premii-sng orqali to‘liq tanishishingiz va «O‘zstandart» agentligi Xalqaro munosabatlar boshqarmasi (Tel: +998 71 202-00-11, ichki 1049) yoki (+99899 815-87-92) dan qo‘shimcha ma’lumotlar olishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok eting va «MDH mukofoti» sohibiga aylaning!