Jahon bozoriga qishloq xo‘jaligi, tekstil, qurilish va boshqa turdagi mahalliy mahsulotlarni eksport qilish kunning dolzarb mavzusiga aylanib bormoqda.
Ushbu turdagi mahsulotlar eksportida xalqaro darajada tan olingan xorijiy muvofiqlikni baholash idoralari alohida o‘rin tutadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga muvofiqlikni baholash sohasida qulaylik yaratish maqsadida, ”O‘zstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tashabbusi bilan “Control Union Certifications” halqaro muvofiqlikni baholash idorasi vakillari janob Udi Gabay, Arne Jansenn, Nader Salahitdinov, va Farxod To‘ychiyev bilan videokonferensiya o‘tkazildi.


Tadbirda mahsulotlarni jahon bozorlariga eksport qilishda “Control Union Certifications” xalqaro idorasi tomonidan ko‘rsatiladigan muvofiqlikni baholash ishlari, xorijiy davlatlarning import mahsulotlarga qo‘ygan talablari, SE markirovkasi, Global Gap va Organic sertifikatlari, hamkorlikda sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyalari ishlarini tashkil etish, ularni xalqaro darajaga olib chiqishda “Control Union Certifications” idorasi ekspertlarni jalb etish, “Peterson va Control Union” konsalting kompaniyasi orqali mahalliy auditorlarni tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.