Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi (MGS), Metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasining navbatdagi 51-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda MDH davlatlarining metrologiya bo‘yicha ekpertlari bilan birga “O‘zstandart” agentligi vakillari hamda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashining ijroiya qo‘mitasi va Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashining standartlashtirish bo‘yicha Byurosi ishtirok etdi.
Yig‘ilishda moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalarini, sinovlar va turlarini tasdiqlashni tan olish va metrologiyaga oid boshqa bir qator masalalar muhokama etildi.
O‘tkazilgan videokonferensiya natijasiga ko‘ra, Metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasining navbatdagi 51-yig‘ilishi bayoni imzolandi, navbatdagi 52-yig‘ilishini o‘tkazish joyi va vaqti belgilandi