Pandemiya davrida COVID-19 infeksiyasini aniqlashda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot laboratoriyalaridagi test tahlilini o‘tkazishda foydalaniladigan o‘lchash vositalari, jumladan, pipetka dozatorlari (kichik sig‘imdagi suyuqlik o‘lchagichlari), quritish shkaflari va termostatlarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash aholi o‘rtasida Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishda hamda kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Bugungi sharoitda Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida ”O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tibbiyot muassasalaridagi COVID-19 infeksiyasini aniqlashda foydalanilayotgan o‘lchash vositalarini pandemiya davrida davlat qiyoslovidan bepyl o‘tkazib berilishini ma’lum qiladi.
Murojaat uchun:

Telefon: +99871 202-00-11 (1222);

Е-mail: info@nim.uz, uznim@exat.uz