Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videokonferensaloqa orqali neft-gaz kimyosi sanoati, elektrotexnika va farmatsevtika tarmoqlaridagi yangi loyihalar bilan tanishmoqda.
Maʼlumki, mamlakatimiz xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlab, ularni monetizatsiya qilish yoʻlidan bormoqda. Import oʻrnini bosuvchi va eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib, iqtisodiy samaradorlikni oshirish choralari koʻrilmoqda.
Ayni paytda davlatimiz rahbari tarmoq mutasaddilarining taqdimot shaklidagi hisobotlarini tinglamoqda.
Batafsil – keyingi materiallarda.
OʻzA