Joriy yilning 9 iyul kuni videokonferensiya shaklida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi (MGS), Muvofiqlikni baholash ilmiy-texnik komissiyasining (MGS) navbatdagi 45-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda MDH davlatlarining muvofiqlikni baholash bo‘yicha ekpertlari bilan birga “O‘zstandart” agentligi vakillari xamda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashining ijroiya qo‘mitasi va Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashining standartlashtirish bo‘yicha Byurosi ishtirok etdi.


Yig‘ilishda muvofiqlikni baholashga oid bir qator masalalar, xususan MDHga a’zo davlatlarning o‘zaro savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risidagi Bitim loyihasi, Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti (Premii Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv
za dostijeniya v oblasti kachestva produksii i uslug) va uning 2021 yil navbatdagi tanlovini o‘tkazish, MGSning navbatdagi 57 yig‘ilishi loyixasiga takliflar muhokama qilindi.
O‘tkazilgan videokonferensiya natijasiga ko‘ra, Muvofiqlikni baholash bo‘yicha ilmiy-texnik komissiya (NTKOS)ning 45-yig‘ilishi bayoni imzolandi, navbatdagi 46-yig‘ilishini o‘tkazish joyi va vaqti belgilandi.