“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, navbatdagi sayyor qabul joriy yilning 14 oktyabr kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tashkil etildi.
Uchrashuvni tuman hokimi N. Mahmudov kirish so‘zi bilan ochib, hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarga atroflicha to‘xtaldi. Bugungi kunda viloyatning G‘ijduvon tumanida tadbirkorlar va kichik biznes vakillari uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilganligi va buning natijasida ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati ham yaxshilanib borayotganligi uchrashuvda alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot kotibi A. Rasulov, va “Respublika sinov va sertifikailashtirish markazi” DK direktorining o‘rinbosari Sh. Vasiyevlar sayyor qabuldan ko‘zlangan maqsad va tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.
Shuningdek yig‘ilishda Buxoro Standartlashtirish va metrologiya boshqarmas boshlig‘i A. Muxtorov hamda Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori T. Salomovlar ishtirok etib, bunday uchrashuvlar viloyat miqyosida ko‘proq tashkil etilishi maqsadga muvofiq ekanligiga e’tibor qaratdilar.