O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonasi va “O‘zstandart” agentligi xamkorligida Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) vakillari bilan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotining (ISO) Bosh kotibi Serxio Muxika, departament raxbarlari, Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi O‘zbekiston Respublikasining doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va “O‘zstandart” agentligining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan uchrashuvda dunyo bo‘yicha standartlashtirish soxasida olib borilayotgan isloxotlar, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishini oldini olishda xalqaro standartlarni tutgan o‘rni, pandemiya davrida ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlashtirish tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak, O‘zbekistonda xalqaro ISO standartlarni joriy etish xolati, ISO tashkilotiga a’zo texnik qo‘mitalar faoliyatini tubdan yaxshilash, kadrlar tayyorlash, standartlashtirish soxalarini rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifalar muhokama etildi.

Mamlakatimizda o‘z vaqtida Koronavirus COVID-19 xavfli infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, tibbiy yuz maskalari va himoya kiyimlari (qo‘lqop, xalat) uchun 20 dan ortiq xorijiy va xalqaro standartlarni qabul qilinganligi Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) tomonidan yuqori baxolandi.

Respublikada standartlashtirish soxasida amalga oshirilayotgan isloxotlar xalqaro standartlariga mos keladigan sifat infratuzilmasini yaratish, ishlab chiqarilayotgan maxsulotlari jahon bozorida salohiyatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va mahalliy mahsulotlar sifatini oshirish uchun keng imkoniyatlarni yaratilishiga umid bildirildi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti bilan standartlashtirish soxasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirish

va mustahkamlanish yuzasidan doimiy hamkorlik qilishga kelishib olindi.