O‘zbekiston Respublikasining Latviya davlatidagi elchixonasi va “O‘zstandart” agentligi hamkorligida GLOBAL G.A.P tashkiloti va mahalliy fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida videokonferensiya tashkil etildi.
Tadbirda GLOBAL G.A.P tashkilotining O‘rta Osiyo, Latviya va Rossiya mintaqasi koordinatori Edita Strazdina, O‘zbekiston Respublikasining Latviya davlatidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Qadamboy Sultanov va “O‘zstandart” agentligining rahbar xodimlari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda GLOBAL G.A.P. va Organic standartlarni joriy etish soxasida olib borilayotgan ishlar, koronavirus pandemiyasini salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida, maxalliy ishlab chiqaruvchilarni masofadan turib qo‘llab quvvatlash, ularga GLOBAL G.A.P va Organic halqaro standartini joriy etish, sertifikatlashtirish va audit jarayonlarini onlayn o‘tkazish, GLOBAL G.A.P. tashkilotiga a’zo texnik qo‘mitalar faoliyatini tubdan yaxshilash, milliy kadrlar tayyorlash, qishloq xo‘jaligida standartlashtirish soxalarini rivojlantirishga qaratilgan muxim vazifalar muxokama etildi.
GLOBAL G.A.P tashkiloti eksperti Edita Strazdina tomonidan mamlakatimizda so‘ngi 2 yil ichida Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish tizimlarini rivojlantirilganligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat
va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga aloxida e’tibor qaratilganligi, eksport geografiyasini kengaytirish, shuningdek, mamlakatimizning organik mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan to‘liq foydalanishga imkoniyat yaratilayotganligi, bu borada xukumat tomonidan bir qator muxim qarorlar qabul qilinganligini va bu soxada imkoniyatlar yuqori ekanligiga aloxida urg‘u berdi.
Mamlakatimizda 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot yetishtiriladi,meva-sabzavot maxsulotlarimiz inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan turli biologik moddalar va mikroelementlar boyligi jihatidan esa dunyoda yetakchi o‘rinda turadi.
Xalqaro ekspertning fikricha, mintaqadagi meva-sabzavot maxsulotlar mazali va servitaminligini inobatga olib, marketing soxasini xam rivojlantirishga aloxida e’tibor qaratish, shu bilan jaxon bozoridagi talablarni o‘rgangan xolda gullar va dekorativ o‘simliklar, chorva va parrandachilik, akva ekinlar va baliqchilik soxalariga xam Global G.A.P. xalqaro standartini joriy etish va bu mamlakat eksport geografiyasini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Onlayn muloqot natijasiga ko‘ra, GLOBAL G.A.P. va Organic standartlarni samarali joriy etish va muvofiqlikni baxolash ishlarini jadallashtirish yuzasidan keng ko‘lamli doimiy hamkorlik qilishga kelishib olindi.