MBMV va MBZM direktorlari maktubi

                                                               
 
Martin Milton                                                                                                 Entoni Donnellan
MBMV direktori                                                                                             MBZM direktori

“Xalqaro savdolar uchun o‘lchashlar”
Butun dunyoda xalqaro savdo bo‘yicha turli xildagi mahsulot va xizmatlar bo‘yicha qancha murojaat qilinishi haqida Siz qachon bo‘lsa ham o‘ylab ko‘rganmisiz? Siz, transchegaraviy energiya tashuvchilari va energiyaning, aytaylik, elekt energiyasi va gaz yetkazib berishning hozirgi miqdorini bir tasavvur qilib ko‘ra olasizmi? Sizda aniq raqamlar bo‘lmasligi mumkin, balkim, o‘zingiz savdo va transport operatsiyalarida aniq va xavfsizlikni ta’minlashga ma’sul ishlab chiqaruvchilar, tashuvchilar hamda rasmiy idoralarning saxiy ixtiyoriga butunlay ishonch bilan o‘lchashlar natijalarini shunchaki ma’lumot sifatida qabul qilishingiz mumkin.
Baxtga yarasha, xalqaro savdo uchun mustahkam poydevor bo‘luvchi o‘lchashlar aniqligi va ularning imkoniyatlari haqida so‘z borganda lozim ishonchni kafolatlashga chaqirilgan xalqaro miqyosda tizim tashkil etilgan va amal qilmoqda.
Jahon savdo tashkiloti (JST) ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilda mahsulotlarning yirik aylanmasi 19,67 trillion AQSh dollori miqyosdagi rekord nuqtaga yetdi.
Agar ushbu global aylanmada ishtirok etayotgan mahsulotlarning katta qismini hisoblashda qonuniy ravishda o‘rnatilgan o‘lchov birliklaridan foydalanilayotganligini inobatga olsak, butun dunyo bo‘ylab savdo sohasida metrologiyada qanchalik katta va ayni paytda muhim rol mavjudligi aniq bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchi va iste’molchining manfaatlarini milliy va xalqaro miqyosda himoya qilish uchun davlatlar tegishli texnik reglament va standartlarni qabul qiladilar. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ma’lumotlariga ko‘ra, muayyan standartlar yoki qoidalar butun jahon savdo aylanmasining taxminan 80% ga to‘g‘ri keladi.
Shu o‘rinda savdoda bir xil sinovlarni qayta-qayta bajarishga majbur qiluvchi yoki mahsulotlarning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, narx oshishiga sabab bo‘luvchi texnik to‘siqlarin yaratmasdan balki, standartlar va qoidalarni muvaffaqiyatli qo‘llash imkonini bera oladigan ishonchli o‘lchov tizimiga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Texnik talablarga muvofiqlikni baholashning to‘g‘riligiga ishonch, xarajatlarni kamaytirish, ishbilarmon doiralar va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga yordam berib, natijada jahon metrologik tizimini kuchli va samarali bo‘lishini kafolatlashga xizmat qiladi.
Har birimiz muayyan moddiy narsalarni mahalladagi do‘kondan yoki dunyoning narigi tarafida joylashgan mamlakatdan olishimizni mo‘ljallashimizdan qat’iy nazar biz ularga bog‘liqmiz. O‘lchashlarning yuqori aniqligi bizga kerak bo‘lgan tovarlar yetkazib berish va hohishimizdagi xizmatlarni taqdim etishning xavfsizligi va ishonchliligini kafolatlaydi.
“Xalqaro metrologiya qonunchiligi Byurosi” (XMQB) va “Xalqaro o‘lchamlar va tarozilar Byurosi” (XO‘TB) rahbarlik lavozimida turib biz yirik savdolarda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar uchun bir xilda halol va xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash, metrologiyaning ahamiyatini oshirish uchun faol harakat qilmoqdamiz.