O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi 2343-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi 86-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zstandart” agentligi Akkreditatsiya Kengashining 2016 yil 28 sentyabrdagi AK-262-sonli qaroriga muvofiq, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi sinov laboratoriyalari majmuasining “Energotejamkor lampalar va svetodiod yoritgichlarning energosamaradorligini baholash” bo‘yicha akkreditatsiya doirasi kengaytirildi. 

Shu munosabat bilan joriy yilning 4 oktyabr kuni “Respublika SSM” DKning sinov laboratoriyalari majmuasi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli, ustuvor yo‘nalishlarni belgilash maqsadida prezentatsiya namoyishidagi xisoboti bo‘lib o‘tdi.

Respublika markazi direktori J.N.Shukurov boshchiligida o‘tgan hisobotda Respublika markazi bo‘lim boshliqlari, yetakchi mutaxassislar va sinov majmuasi xodimlari ishtirok etishdi.
Xisobotda:
• Sinov majmuasi ish faoliyati va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar;
• Sinov majmuasiga harid qilinadigan sinov uskunalarining dolzarbligi;
• Mahsulotlarni energiyasamaradorligini aniqlash bo‘yicha laboratoriyani akkreditatsiya doirasini kengaytirish;
• Tabirkorlarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadidi sinov majmuasi akkreditatsiya doirasini kengaytirish va yangi turdagi mahsulotlar sinovini o‘zlashtirish;
• 2017 yil sinov majmuasini rivojlantirish strategiyasi kabi masalalar muhokama qilindi.