Joriy yilning 28 sentyabr kuni “O‘zstandart” agentligining kichik majlislar zalida “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining navbatdan tashqari yig’ilishi bo’lib o’tdi.
“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori J.N.Shukurov boshchiligida o’tgan ushbu yig’ilishda korxonaning barcha bo’lim boshliqlari, shuningdek bo’limlarning mutaxassis hodimlari ishtirok etdi. Yig’ilishda korxonaning faoliyatida 9 oy yakunlari bo’yicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko’rib chiqildi. Yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish choralari ko’rib chiqildi. Shu bilan birgalikda yaqin kelajakdagi rejalar va bajarilishi lozim bo’lgan korxona faoliyatiga aloqador ish va topshiriqlar yuzasidan tavsiya va ko’rsatmalar berildi.