Bugungi kunda xalqimiz salomatligini asrab-avaylash, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar belgilangan.
Bunda asosiy e’tibor, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali barqaror iqtisodiyotni yo‘lga qo‘yishga qaratilmoqda.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Chirchiq filiali tomonidan karantin davrida xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga, ularni antiseptik vositalar bilan ta’minlash, masofadan turib ishlashlariga sharoit yaratish hamda zarurat tufayli ishga jalb etilgan xodimlar uchun avtoulov tashkil etildi.
Shuningdek, Chirchiq filiali tomonidan hududdagi 70 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalarining 850 dan ortiq o‘lchov vositalari davlat qiyoslovi va atestatlashdan o‘tkazildi.
E’tiborli tomoni shundaki, filial tomonidan o‘tgan qisqa vaqt ichida 20 dan ortiq eksportyor korxonalarning o‘lchov vositalari tegishli tartibda davlat qiyoslovidan o‘tkazildi.
Hozirda filial tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida 90 foiz arizalar va murojatlar elektron shakilda qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Bu esa ularning ortiqcha vaqtlari va mablag‘larini tejalishiga olib kelmoqda.