“O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan sinovlarning natijalari kuzatuvchanligini ta’minlash maqsadida, joriy yilda milliy etalonlar bazasini rivojlantirish uchun 463,5 ming dollarlik 3 dona (absolyut bosim, ortiqcha bosim, namunaviy kuch birligi) etalonlari xarid qilinib, ishga tushirildi.
Shu bilan birga yil yakuniga qadar yana 270 ming dollarlik 2 dona (harorat va uzunlik) etaloni xarid qilinishi natijasida etalonlar soni 17 taga hamda 2022 yilgacha ularning umumiy soni 33 taga yetkaziladi.
Ma’lumot uchun: Joriy yilda etalonlarning xarid qilish natijasida respublikamizdagi 456 dona na’munaviy va 4900 dona ishchi o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvi ta’minlanib, xorijiy metrologiya institutlariga olib chiqish bilan bog‘liq bojxona va logistika masalalari bilan bog‘liq vaqt sarfini oldi olinadi, hamda xarajatlarni yiliga 200 ming dollardan ortiq valyuta mablag‘larini iqtisod qilinishiga erishiladi.