«Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasining «SIFAT BELGISI» Inspeksiya idorasi O`z DSt ISO/IEC 17020:2009 “Inspeksiya idoralariga qo‘yiladigan talablar” standartiga muvofik akkreditatsiyadan o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasining «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan, qonunosti hujjatlari kuchga kirgach, Inspeksiya nazorati idoralariga ham talab kuchaydi. Shu munosabat bilan, «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasi qoshidagi sertifikatlashtiirish idoralari tomonidan ishlab chiqarishga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari bo‘yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirib kelgan Inspeksiya nazorati bo‘limi rejaga binoan, bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rib, 2016 yil sentyabr oyida «SIFAT BELGISI» Inspeksiya idorasi sifatida O`z DSt ISO/IEC 17020:2009 “Inspeksiya idoralariga qo‘yiladigan talablar” standartiga muvofiq akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Shu bilan birgalikda idorada faoliyat yuritib kelayotgan 6 nafar mutaxassis ekspert-auditor unvoniga ega. Bularning barchasi inspeksiya nazorati sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli va ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.