“O‘zstandart” agentligi hozirgi kunga qadar xalqaro «Global G.A.P.» standarti talablariga muvofiq meva-sabzavot yetishtiruvchi mahalliy 39 ta korxonalarga sertifikatlar rasmiylashtirdi.
Shu bilan birga, hozirda 14 ta meva-sabzavot yetishtiruvchi mahalliy korxonalarda «Global G.A.P.» standarti talablari bo‘yicha sertifikatlash maqsadida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
O‘tkazilgan seminar va boshqa tadbirlar natijasida xalqaro standartni joriy qilish ishtiyoqidagi korxonalar soni 184 taga yetdi.
Respublikamizdagi 1000 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo‘jaliklariga «ISO, GLOBAL G.A.P., Organic, Halal» hamda boshqa standartlari va uning afzalliklari yuzasidan ma’lumotlar yetkazildi.