“O‘zstandart” agentligida “GLOBAL GAP” tashkilotining O‘rta Osiyo, Latviya va Evropa mintaqasi koordinatori E.Strazdina bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda GLOBAL G.A.P halqaro standarti talablari asosida meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, ushbu turdagi mahsulotlarni Evropa davlatlariga eksport qilish, ishlab chiqarish jarayonlariga xalqaro standartlar va sertifikatlashtirishga bo‘lgan zamonaviy talablarni o‘rnatish, mutaxasislar tayyorlash,
Jahon banki va xalqaro donor tashkilotlar mablag‘larini jalb etish,
Evropa savdo kooperatsiyalari va xalqaro tan olingan tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
E.Strazdina “GLOBAL GAP” tashkiloti tomonidan koronavirus pandemiyasini salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni masofadan turib qo‘llab-quvvatlash, ularga GLOBALG.A.P halqaro standartini joriy etish, sertifikatlashtirish
va audit jarayonlarini onlayn o‘tkazish, oliy ta’lim o‘quv dargohlari talabalari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va fermer xo‘jaliklariga onlayn tarzda treyning-o‘quv seminarlarini tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilganligi va ushbu yo‘nalishlarda O‘zbekistonga ham amaliy yordam berilishiga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Onlayn muloqot natijalariga ko‘ra, GLOBALG.A.P halqaro standartini samarali joriy etish va sertifikatlashtirish ishlarini jadallashtirish, masofaviy kurslar tashkil etish yuzasidan “Harakat dasturi” tayyorlanishigiga kelishib olindi.