Bugungi kunda koronavirus pandemiyasi butun dunyoni og‘ir sinovdan o‘tkazmoqda. Koronavirus COVID-19 xavfli infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, joriy yilning 7 aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasining Standartlashtirish tashkilotidan tibbiy yuz niqoblari va himoya kiyimlari (qo‘lqop, xalat) uchun ishlab chiqilgan 23 ta standart olindi.
Ushbu standartlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tibbiy yuz niqoblari va himoya kiyimlari mahsulotlarini ilg‘or, rivojlangan davlatlarning standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish hamda ularni ichki va tashqi bozorlarga etkazib berishni ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agentligi yoki Agentlik huzuridagi Standartlar institutiga murojaat qilishingiz mumkin.