“O‘zstandart” agentligi amaliyotga kiritiladigan yangi standartlarni faqat xalqaro standart, me’yor va qoidalarga yoki xorijiy mamlakatlarning ilg‘or standartlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda qabul qilishga e’tibor qaratmoqda.
Unga ko‘ra, joriy yildan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizligini baholash, ularni saqlash va tashishga oid 158 ta ISO standartlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilindi.
Bugungi kunda me’yoriy hujjatlar fondidagi 34907 ta standartning 8299 tasi yoki 24 % xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan.
Sohalar kesimida olinganda, qurilish sohasida 624 ta, metallurgiyada 439 ta, yengilsanoat (to‘qimachilik va charm) 336 ta, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya 299 ta, neft va gaz sohasida 348 ta, elektrotexnika 772 ta, kimyo texnalogiyalarida 637 ta, oziq-ovqat sanoatida 897 ta va boshqa sohalarda esa 3947 ta ni tashkil etadi.