Koronavirus (COVID-19) infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rilayotgan choralar doirasida “O‘zstandart” agentligi tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan metrologiya xizmatini ko‘rsatish ham qisman masofadan turib ishlash tizimiga o‘tkazilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq foydalanishda bo‘lgan o‘lchash va sinov vositalari o‘lchash natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta’minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi belgilangan.
Ushbu talabni bajarishi uchun qo‘llanilayotgan o‘lchash va sinov vositalari davriy metrologik tekshiruvdan o‘tkazilib turilishi lozim.
Shuningdek, Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2007 standarti talablariga muvofiq metrologiya xizmatlari va sinov laboratoriyalarida foydalaniladigan o‘lchash va sinov vositalari ham davriy metrologik tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak.
Shu munosabat bilan, ushbu davrda o‘lchash va sinov vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tkazish talab etilmasligini hamda metrologiya xizmatlari va sinov laboratoriyalarini inspeksion nazorat o‘tkazilganda yuqoridagi holatlar inobatga olinishini ma’lum qilamiz.
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga murojaatlarni elektron shaklda info@standart.uz elektron pochtasiga yuborishlarini so‘raymiz.
Murojaatlar va arizalar bo‘yicha savollar yuzasidan + 998 71 202 00 11 (ichki 1071, 1038, 1222, 1212,) telefon raqamilari orqali bog‘lanishingiz, shuningdek, o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar yuzasidan Agentlikning Telegram messenjeridagi maxsus «@uzstandartga_savollar_bot» xizmatidan foydalanishingiz mumkin.