“O‘zstandart” agentligi yurtimizda ommaviy muloqotlarni kamaytirish va koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish maqsadida murojaatlarni qog‘oz shaklda qabul qilishni vaqtincha to‘xtatadi hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan murojaatlarni elektron shaklda info@standart.uz elektron pochtasiga yuborishlarini so‘raydi.
Murojaatlar va arizalar bo‘yicha savollar yuzasidan + 998 71 202 00 11 (ichki 1031, 1071, 1038) telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz, shuningdek, "O‘zstandart" agentligi faoliyatiga doir o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar yuzasidan Agentlikning Telegram messendjeridagi «@uzstandartga_savollar_bot» maxsus bot xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Agentlik yuzaga kelgan sanitariya-epidemiologik vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishingizni hamda vaziyatga ma’suliyat bilan yondashishingizni so‘rab qoladi!