“O‘zstandart” agentligi Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi va O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining Namangan filiali vakillari hamkorligida, viloyatdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlab chiqaruvchi korxonalarida Global G.A.P. va boshqa standartlarni joriy etilishida amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar.
Mas’ullar navbatdagi uchrashuvda eksportyor korxona rahbarlari bilan uchrashib, ularga halqaro standart talablari, hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar to‘g‘risida tushunchalar berdilar.