Klemens Sanetra — Germaniya Federal fizika-texnik instituti sifat infratuzilmasi va metrologiya umumiy masalalari bo‘yicha xalqaro eksperti:
— Texnik tartibga solish va standartlashtirishning asosiy farqlariga to‘xtalib joiz. Ya’ni texnik tartibga solishda davlatning roli ko‘zga tashlanadi, ya’ni tegishli qonunchilik yaratiladi va unga rioya etilishi ustidan nazoratni o‘rnatadi. Standartlashtirishda esa davlat ham masalan biznes yoki iste’molchilar qatori manfaatdor ishtirokchi tomonlardan biri hisoblanadi. Natijada bu yerda konsessus paydo bo‘ladi. Standartlashtirish idorasining bu yerdagi vazifasi tomonlarning konsessusga kelishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Texnik tartibga solish majburiy, standartlashtirish esa ixtiyoriy hisoblanadi. Masalaning ikkinchi tomoni mahsulot yoki xizmatlarning xavfsizligi va sifati bilan bog‘liq. Bunda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan davlat ularni tartibga solishi kerak. Standartlashtirish idorasining bu boradagi o‘rni qanday bo‘ladi? Germaniyada texnik tartibga solish ishlari har bir sohaning egasi bo‘lgan idora tomonidan olib boriladi. Standartlashtirish jarayoni ko‘pgina Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida davlat va xususiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va ba’zida davlat ko‘magini olishi mumkin. Har bir soha bo‘yicha tegishli davlat organi tomonidan samarali texnik reglamentlar hayotga tatbiq etilsa, mamlakatda texnik jihatdan tartibga solishning majmuasi yaratiladi. Bunda har bir yo‘nalishga oid xalqaro tashkilotlarning tegishli tavsiyaviy xarakterdagi ko‘magi berilishi mumkin. Muayayn mamlakat davlat idoralari esa bu tavsiyalarni o‘rgangan holda ulardan foydalanishlari mumkin.
Yovan Yekich - xalkaro savdo xuquqi bo‘yicha USAID eksperti:
Texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirishning amaliyotda bir-biridan tubdan farq qilishini milliy qonunchilikda aks ettirish muhim ahamiyatga ega. Chunki, bu tizim nafaqat ilg‘or tajriba, balki Jahon savdo tashkiloti talablaridan biri hisoblanadi. Hozir O‘zbekistonda bu sohada to‘rtta qonun mavjud bo‘lib, ularga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish yoki unifikatsiyalash maqsadga muvofiqdir. Bu boradagi takror jarayonlarni, ikki yoqlama yondashuvni bartaraf qilish darkor. Ayrim majburiy standartlarni texnik jihatdan tartibga solishga aylantirish, vaqti kelib ularning ham o‘z-o‘zidan ixtiyoriyga aylanishi uchun sharoit yaratish foydadan xoli bo‘lmaydi. Bularning barchasi albatta qonunchilikda ham o‘z ifodasini topishi lozim.
Oliver Dittxardt- Germaniya Federal fizika-texnik instituti hududiy loyihasi koordinatori:
Hamkasblarim tomonidan tushuntirilgan tajriba Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlarning barchasi amaliyotida qo‘llaniladi. Uning mohiyati shundaki, mahsulot va tovarlarning xavfsizligi bilan sifati o‘rtasida farq bo‘lish kerak. Chunki, bu ikkisini bir narsa deb qarash noto‘g‘ri. Mahsulot xavfsiz bo‘lishi mumkin, lekin u sifatli emas. Bu esa iste’molchi huquqi bilan bevosita bog‘liq. Dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan va Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishga hozirlanayotgan O‘zbekiston uchun milliy standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish masalasi dolzarbdir. Standartlashtirish bu pastdan yuqoriga qarab ketishi kerak bo‘lgan jarayon. Bunda ishlab chiqaruvchilar, biznes vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning fikrlarini o‘rganish va umumlashtirish, xalqaro standartlarni tarjima qilgan holda ularning targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Bizning tashkilotimiz mintaqaviy loyiha doirasida mamlakatingiz bilan hamkorligimiz ayniqsa keyingi ikki yil davomida faollashib bormoqda. Keyingi uch yil davomida aloqalarimiz yo‘nalishlarini ham belgilab oldik. Shu bois metrologiya, standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish yuzasidan mutaxasislar bilimi va malkasini oshirish bo‘yicha hali ko‘plab tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirganmiz.