“Qo’qon SSM” DK hodimlari tomonidan energiya samaradorligini oshirish maqsadida Qo’qon shahar va atrof tumanlarida joylashgan korxona vakillari ishtirokida 2016 yil 15-sentyabr kuni “Qo’qon SSM” DK majlislar zalida “ISO 50001 – energomenejment standartini joriy etish orqali energiyani tejash” mavzusida o’quv seminari o’tkazildi.
Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korparativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-4720-sonli farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi “2015-2019 yillar uchun iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida energiya xajmini qisqartirish, energiyani tejovchi tehnnologiyalarni joriy etish bo’yicha chora tadbirlar dasturi to’g’risida” gi PQ-2343-sonli qaror ijrosi yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga korhonalarda Xalqaro ISO 50001 standartini joriy etish orqali energiyani tejash imkoniyatiga ega bo’lishimiz kerakligi to’g’risida atroflicha mulohaza qilindi.