Joriy yilning 9 mart kuni “O‘zstandart” agentligida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Germaniyaning Federal fizika-texnik instituti (PTB) hududiy loyihasining koordinatori Oliver Dittxardt, sifat infratuzilmasi va metrologiya umumiy masalalari bo‘yicha PTB xalqaro eksperti Klemens Sanetra ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi tomonidan Federal fizika-texnik instituti (PTB)ning soxa yo‘nalishlarini rivojlantirishdagi o‘zaro xamkorligi aloxida e’tirof etildi.
Germaniyalik ekspertlar tomonidan O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti va Akkreditatsiya Markazi faoliyatini Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) talablariga muvofiqlashtirish va texnik jixatdan tartibga solish sohalari bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan uchrashuv natijasiga ko‘ra “Markaziy Osiyo mamlakatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlash” loyihasi doirasida ikki tomonlama xamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish xamda joriy yilning 12 mart kuni “O‘zstandart” agentligida “Jaxon Savdo Tashkilotiga kirishda standartlashtirish va texnik jixatdan tartibga solish soxalarining o‘rni va vazifalari” mavzusida texnik o‘quv seminari tashkil etishga kelishildi.