“O‘zstandart” agentligi, Qurilish vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan qurilish mahsulotlarining sifati va standart talablari, iste’molchilar tomonidan bo‘layotgan e’tirozlar hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sinovlari yuzasidan OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda mutaxassislar tomonidan yurtimizda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan qurilish mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari yuzasidan OAV vakillariga ma’lumotlar berildi.

Jumladan, 2019 yilda 2796 ta standart qabul qilingan bo‘lib, shundan 2744 tasi xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan, xususan qurilish sohasida (532 ta), metallurgiyada (210 ta) standartlar qabul qilindi.

 

2020 yilning o‘tgan davr mobaynida 153 ta standartlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 150 tasi xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan, xususan qurilish sohasida (8 ta), metallurgiya (11 ta).

Shuningdek, qurilish sanoatida 324 ta korxonalarda menejment tizimlari bo‘yicha sertifikatlar rasmiylashtirilgan.

Kurilish maxsulotlari sinov laboratoriyasini modernizatsiyalash, mahsulotlarni sinov bazasi yangilash uchun 2,7 mlrd. so‘mlik 9 dona zamonaviy sinov uskunalari harid qilinib, laboratoriyalarda metal, sement va sanitar-texnik armatura maxsulotlari buyicha qo‘shimcha 50 ziyod sinov uslublar (12 tasi xalqaro) amaliyotga joriy etildi.