Ayol nozik xilqat. Shu bilan birga, o‘zining fidoiyligi, oila, farzandlar tarbiyasidek mashaqqatli va sharafli ishga o‘z hayoti va qalb-qo‘rini bag‘ishlagan mo‘’tabar zot hisoblanadi.

 

Ayol bir qo‘li bilan beshikni tebratsa, ikkinchi qo‘li bilan dunyoni tebratadi. Sir emas, hozirgi kunda yurtimizning barcha sohalarida xotin-qizlar erkaklar bilan yonma-yon turib mehnat qilmoqdalar.

Har yili 8-mart xalqaro-xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ularga alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatib kelinadi.

Bayram munosabati bilan “O‘zstandart” agentligida tashkil etilgan ma’rifiy tadbir “Ayol borki olam munavar” deya nomlandi. Unda Agentlik rahbariyati tizimida mehnat qilayotgan barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, estalik sovg‘alari ulashildi.

Uchrashuvda xalqimiz e’zozidagi shoir Bobur Bobomurod ham ishtirok etib, muhtarama ayollarni bayram bilan tabrikladi.