Respublika aholisining sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan extiyojlarini qondirish, shuningdek non va makaron mahsulotlariga bo‘lgan umumiy talablarni belgilash maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan “Non va makaron mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi MTR.008:2020 maxsus texnik reglamentning yangi tahriri tasdiqlandi.

Ushbu texnik reglamentning yangi tahririda quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, xususan:

xavfsizlik talablari o‘rnatiladigan texnik jixatdan tartibga solish ob’ektlarining ro‘yxati makaron mahsulotlari bilan kengaytirildi.

texnik reglament teshkulchalar, suxariklar, nonli qalamchalar va boshqa turdagi mahsulotlari uchun “Oxratoksin A” va “2.4 kislota, uning tuzlari va efirlari” yangi xavfsizlik ko‘rsatkichlari bilan.

non mahsulotlarining xar bir nomi uchun retseptini ro‘yxatdan o‘tkazish paytida namlik va kislotalik darajasining aniq chegaraviy qiymati ko‘rsatish majburiy etib belgilandi.

non va makaron mahsulotlarini har qanday ifloslanishi va buzilishini oldini olishga qaratilgan choralarni ta’minlash qismida saqlash va tashish talablari kuchaytirildi.

texnik reglamentning yangi nashri bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin https://new.standart.uz/upload/file/tehreglament/spec_tr_8_1_xleb_makaron_prod.pdf