O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi"ni amalga oshirish doirasida, “O‘zbekoziqovqatxolding" tomonidan “Go‘sht va go‘sht mahsulotlari havfsizligi to‘g‘risida"gi va “Sut va sut mahsulotlari havfsizligi to‘g‘risida"gi umumiy texnik reglamentlar loyihalarining birinchi tahriri ishlab chiqildi.
Ushbu texnik reglamentlar loyihalarining matnlari bilan «O‘zbekoziqovqatxolding» rasmiy saytida, hamda bizning saytimizning “Texnik jihatdan tartibga solish” bo‘limida tanishib chiqishingiz mumkin.
Loyiha bo‘yicha taklif va e’tirozlar "O‘zbekoziqovqatxolding"ga yuborishingiz mumkin.
Aloqa uchun shaxs: Usmanaliyev K.
tel/faks: +998(71) 255-56-25
E-mail:
uzmmp@mail.ru