Tashkilotning 2015 yil 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha 2015 yil 21 oktyabr kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligining barcha tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va tizimdagi tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar.
Birinchi navbatda, 2015 yil 16 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2015 yilda O‘zbekistonning iqtisodiy dasturini eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilangan Qarorlarni va 2015 yil 9 oy davomida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2015 yil 19 oktyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan topshiriqlarni bajarilishini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Hay’at yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4725 va PF-4725 sonli farmonlari hamda PQ-2298, PQ-2340, PQ-2343, PQ-2164 sonli qarorlarining “O‘zstandart” agentligi va uning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilgan ishlar tanqidiy o‘rganildi.
“O‘zstandart” agentligi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha ishlardagi kamchiliklar alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqildi.
So‘ngra, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohalarida bajarilgan ishlar va moliyaviy ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi. Sohalar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi.
“O‘zstandart” agentligi tarkibiy bo‘linmalari va tizimdagi tashkilotlarning Hukumat qarorlarini bajarish va ijro intizomini yanada kuchaytirish keyingi masala sifatida ko‘tarildi. Alohida e’tibor fuqaro murojaati bilan ishlashga qaratildi.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalarni hal qilish yakuni bo‘yicha Hay’at yig‘ilishining tegishli qarorlari qabul qilindi.